Bosh sahifa › Kalkulyatorlar › Ish haqi kalkulyatori

Ish haqi kalkulyatori

Hisoblangan yoki qo'lga tegadigan summani kiriting — soliqlar, qo'lga tegadigan summa va ish beruvchi xarajati darhol chiqadi.

Ma'lumotlar

Stavkalar: JShDS 12% (shundan INPS 0,1%), ijtimoiy soliq 12%. Imtiyozlar va chegirmalar hisobga olinmagan.

Natija

Hisoblangan ish haqi—
JShDS (12%)—
shundan INPS (0,1%)—
shundan budjetga—
Qo'lga tegadi—
Ijtimoiy soliq (12%, ish beruvchi)—
Ish beruvchining umumiy xarajati—
Yiliga qo'lga tegadi—

Ish haqidan soliqlar qanday hisoblanadi?

Xodimga hisoblangan ish haqidan 12% JShDS ushlanadi — qo'lga qolgan qismi tegadi. JShDS ichidan 0,1% xodimning shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvarag'iga (INPS) o'tkaziladi, ya'ni bu alohida ushlanma emas. Bundan tashqari ish beruvchi o'z hisobidan 12% ijtimoiy soliq to'laydi.

Qo'lga tegadi = Hisoblangan × 0,88

Hisoblangan = Qo'lga tegadigan ÷ 0,88

Misol

  • Hisoblangan ish haqi: 5 000 000 so'm
  • JShDS 12%: 600 000 so'm (shundan INPS 0,1%: 5 000 so'm, budjetga: 595 000 so'm)
  • Qo'lga tegadi: 4 400 000 so'm
  • Ijtimoiy soliq 12%: 600 000 so'm
  • Ish beruvchining umumiy xarajati: 5 600 000 so'm

Provodkalar

OperatsiyaDebetKredit
Ish haqi hisoblandi2010, 9420 va b.6710
JShDS ushlandi67106410
Ijtimoiy soliq hisoblandi2010, 9420 va b.6520
Ish haqi to'landi67105110

Ko'p beriladigan savollar

Ish haqidan qancha soliq ushlanadi?

Xodimning hisoblangan ish haqidan 12% jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i (JShDS) ushlanadi. Uning 0,1 foizi shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvarag'iga (INPS) o'tkaziladi, qolgani budjetga to'lanadi.

Ijtimoiy soliqni kim to'laydi?

Ijtimoiy soliqni ish beruvchi o'z hisobidan to'laydi, u xodimning maoshidan ushlanmaydi. Ko'pchilik tashkilotlar uchun stavka 12%, budjet tashkilotlari uchun 25%.

Qo'lga 5 mln so'm tegishi uchun qancha hisoblash kerak?

Qo'lga tegadigan summani 0,88 ga bo'ling: 5 000 000 ÷ 0,88 = 5 681 818,18 so'm hisoblanadi. Kalkulyatorda «Qo'lga tegadigan» rejimini tanlab tekshirishingiz mumkin.

JShDS va ijtimoiy soliq qachon to'lanadi?

O'tgan oy uchun hisobot va to'lov keyingi oyning 15-sanasigacha. Sana dam olish kuniga to'g'ri kelsa, keyingi ish kuniga ko'chadi.

Hisob-kitob ham, butun buxgalteriya ham — bizda

Soliq hisobotlari, ish haqi, 1C bazasi va akt sverkalarni to'liq yuritamiz. Narxni bepul hisoblab beramiz.

Ariza qoldirish

Boshqa kalkulyatorlar