Har oylik muddatlar
| Sana | Hisobot / to'lov | Kim uchun |
|---|---|---|
| 10 | Mol-mulk va yer solig'i bo'naklari (joriy oy uchun, 1/12), aksiz solig'i | Aylanmadan soliq to'lamaydigan yuridik shaxslar; aksiz to'lovchilar |
| 15 | JShDS, ijtimoiy soliq, INPS (ShJBPH), aylanmadan olinadigan soliq — o'tgan oy uchun | Ish beruvchilar; aylanmadan soliq to'lovchilar |
| 15 | Mulkni ijaraga berishdan daromad solig'i — o'tgan oy uchun | Mulkni jismoniy shaxsga ijaraga bergan jismoniy shaxslar |
| 20 | QQS; dividend va foizlar, norezident daromadlari bo'yicha soliq agenti hisobotlari; yer qa'ri solig'i — o'tgan oy uchun | QQS to'lovchilar; soliq agentlari |
| 20 | Suv resurslari solig'i bo'nagi (joriy oy uchun, 1/12) | Yillik suv solig'i 200 BHMdan oshadigan yuridik shaxslar |
| 23 | Foyda solig'i oylik bo'nagi (joriy oy uchun) | O'tgan yilgi daromadi 20 mlrd so'mdan oshganlar |
Choraklik va yillik muddatlar
| Sana | Hisobot / to'lov | Kim uchun |
|---|---|---|
| 20-mart, iyun, sentyabr, dekabr | Mol-mulk, yer va suv solig'i choraklik bo'naklari (1/4) | Aylanmadan soliq to'lovchilar |
| 20-aprel, iyul, oktyabr | Foyda solig'i choraklik hisob-kitobi va to'lovi | Foyda solig'i to'lovchilar |
| 15-fevral | JShDS, ijtimoiy soliq va aylanmadan soliq — yillik hisobot | Ish beruvchilar, aylanmadan soliq to'lovchilar |
| 1-mart | Yillik moliyaviy hisobot, foyda solig'i, mol-mulk va suv solig'i yillik hisobotlari | Yuridik shaxslar |
| 1-aprel | Statistika: asosiy ko'rsatkichlar bo'yicha yillik hisobot | BHMS bo'yicha hisob yurituvchi korxonalar |
| 15-aprel, 15-oktyabr | Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig'i | Uy-joy va yer egalari |
| 1-iyun | Ijara daromadi bo'yicha yillik qayta hisob-kitob | Mulkni ijaraga bergan jismoniy shaxslar |
Ko'p beriladigan savollar
QQS hisoboti qachon topshiriladi?
O'tgan oy uchun QQS hisoboti va to'lovi keyingi oyning 20-sanasigacha.
JShDS va ijtimoiy soliq qachon to'lanadi?
O'tgan oy uchun hisobot va to'lov keyingi oyning 15-sanasigacha. INPS (ShJBPH) reestri va badallari ham shu sanagacha.
Dividenddan soliq qachon to'lanadi?
Dividend to'lagan tashkilot soliqni dividend to'langan kundan kechiktirmay ushlab, budjetga to'laydi. Soliq agenti hisoboti esa keyingi oyning 20-sanasigacha topshiriladi.
Uyni ijaraga bergan jismoniy shaxs soliqni qachon to'laydi?
Ijarachi jismoniy shaxs bo'lsa, ijaraga beruvchi daromad solig'ini har oy keyingi oyning 15-sanasigacha to'laydi. Ijarachi yuridik shaxs bo'lsa, soliqni o'sha tashkilot ushlab qolib to'laydi.
Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig'ini qachon to'laydi?
Soliq xabarnomasi asosida: teng ikki qismda 15-aprel va 15-oktyabrgacha yoki bir yo'la 15-aprelgacha.
Yillik moliyaviy hisobot qachon topshiriladi?
O'tgan yil uchun yillik moliyaviy hisobot, foyda solig'i va yuridik shaxslar mol-mulk solig'i bo'yicha yillik hisobotlar 1-martgacha topshiriladi.
Muddat dam olish kuniga to'g'ri kelsa nima bo'ladi?
Muddat oxirgi kuni dam olish kuniga to'g'ri kelsa, u keyingi ish kuniga ko'chadi. Masalan, 2026-yil 15-noyabr yakshanba bo'lgani uchun muddat 16-noyabrga ko'chdi.
Hisob-kitob ham, butun buxgalteriya ham — bizda
Soliq hisobotlari, ish haqi, 1C bazasi va akt sverkalarni to'liq yuritamiz. Narxni bepul hisoblab beramiz.
Ariza qoldirish