Buxgalteriyangizni biz yuritamiz — siz biznesingiz bilan shug'ullaning
Soliq hisobotlari, ish haqi, 1C bazasi va soliq bilan yozishmalar — barchasi bir joyda. Jarima va kechikishlarsiz.
Buxgalteriyani to'liq yuritamiz
Alohida buxgalter yollash, uning ish joyi va xatolari uchun javob berish o'rniga — hammasini bizga topshiring.
Soliq hisobotlari
QQS, aylanmadan soliq, foyda solig'i, mol-mulk va boshqa hisobotlarni muddatida tayyorlab, topshiramiz.
Ish haqi, NDFL va INPS
Xodimlar ish haqini hisoblaymiz, jismoniy shaxslardan daromad solig'i va INPS ni to'g'ri chiqaramiz.
1C buxgalteriya
1C: Buxgalteriya Uzbekistan bazasini yuritamiz: bank vipiskalari, kirim-chiqim, ombor, asosiy vositalar.
Akt sverka
Mijoz va yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni solishtiramiz, qarzdorlik va haqdorlikni aniq bilasiz.
Xatolarni tuzatish
Avvalgi buxgalterdan qolgan bazani tekshiramiz, xato va noaniqliklarni topib, tartibga keltiramiz.
Yillik moliyaviy hisobot
Balans va moliyaviy natijalar hisobotini tayyorlaymiz, yil yakunini to'g'ri yopamiz.
Uch qadamda boshlaymiz
Ariza qoldirasiz
Ismingiz va telefon raqamingizni yozasiz — 1 daqiqa vaqt oladi.
Biz qo'ng'iroq qilamiz
Firmangiz faoliyati, hujjatlar soni va soliq rejimini so'rab, aniq narxni hisoblab beramiz.
Hisobni qo'limizga olamiz
Bazani ko'rib chiqamiz, kerak bo'lsa tuzatamiz va har oy hisobotlarni o'z vaqtida topshiramiz.
Bizning uch qoidamiz
Jarimasiz
Hisobot va to'lov muddatlarini oldindan nazorat qilamiz — soliqdan kutilmagan jarima kelmaydi.
Xatosiz
Har bir hisobotni bank, hujjatlar va 1C bazasi bilan solishtirib, keyin topshiramiz.
O'z vaqtida
Hisobotlar muddat oxirini kutmasdan tayyorlanadi, natijasi haqida sizga xabar beramiz.
Buxgalterlar va tadbirkorlar uchun
Bepul kalkulyatorlar va muddatlar kalendari
Amortizatsiya, QQS, ish haqi va nasiyani bir zumda hisoblang. Soliq hisobotlari muddatlarini kuzatib boring.
Nurmurod Muhammadov
Soliq va buxgalteriyani murakkab qonun tilidan oddiy tilga o'giraman. BUX SOF sahifalarida har kuni tadbirkor va buxgalterlar uchun foydali ma'lumotlar chiqadi:
- Har kungi soliq yangiliklari va qonunchilikdagi o'zgarishlar
- Hisobot va to'lov muddatlari bo'yicha eslatmalar
- 1C bo'yicha amaliy maslahatlar
- Soliq imtiyozlari va ulardan foydalanish yo'llari
- Bepul kalkulyatorlar va Excel shablonlar
Ko'p beriladigan savollar
Buxgalteriya xizmati narxi qancha?
Narx firmangiz hajmiga bog'liq: oyiga nechta hujjat, xodimlar soni, soliq rejimi. Ariza qoldiring — biz qo'ng'iroq qilib, aniq narxni bepul hisoblab beramiz.
Qaysi ishlarni qilasiz?
Buxgalteriyani to'liq yuritamiz: birlamchi hujjatlar, 1C bazasi, soliq hisobotlari (QQS, aylanmadan soliq, foyda solig'i), ish haqi, NDFL va INPS, akt sverkalar va yillik moliyaviy hisobot.
Hozirgi buxgalterdan o'tish qiyin emasmi?
Yo'q. Avval bazangiz va hisobotlaringizni ko'rib chiqamiz, xatolar bo'lsa topib tuzatamiz, keyin hisobni o'z qo'limizga olamiz.
Qanday boshlaymiz?
Pastdagi formaga ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring. Biz o'zimiz qo'ng'iroq qilamiz, vaziyatingizni so'raymiz va narxni aytamiz.
Narxni bepul hisoblab beramiz
Formani to'ldiring — o'zimiz qo'ng'iroq qilamiz. Hech qanday majburiyat yo'q.